Jurnalist Janluka Di Marsio saytining xabar berishicha, «Liverpul» «Yuventus» nishonida turgan darvozabon Alissonni jamoada saqlab qolmoqchi. Ingliz klubi 33 yoshli braziliyalik posbon 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomasi muddatini to‘liq yakunlashini istamoqda.
Avvalroq OAVda Turin klubi Alissonga yiliga 5 million yevro maosh to‘lanadigan uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. «Transfermarkt» portali futbolchining transfer qiymatini 17 million yevroga baholamoqda.
Alisson 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda 33 yoshli braziliyalik darvozabon barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shulardan 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va jami 37 ta gol o‘tkazib yuborgan.













