Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Elliot Anderson uchun kurashdan chiqdi

«Manchester Yunayted» Elliot Anderson uchun kurashdan chiqdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib olish urinishlarini to‘xtatdi, deb xabar beradi «The Mirror».

Manbaning ma’lum qilishicha, 23 yoshli angliyalik futbolchi «Manchester Siti»ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Bundan tashqari, «qizil iblislar» o‘yinchi uchun taxminan 115 million yevro to‘lashga rozi emaslar.

Hozirda «Manchester Siti» rahbariyati kelishuvga erishish va raqobatchilarini ortda qoldirish imkoniyatiga ijobiy qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, Anderson 2024 yilning iyulidan buyon «Nottingem Forest» safida to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. «Transfermarkt» portali futbolchining transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 09:53, 29.05.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик