Mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Barselona»da o‘tkazgan qanot himoyachisi Joau Kanseluning «Al-Hilol»ga qaytishi dargumon. RAC1 xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining kataloniyalik klubga doimiy asosda o‘tishi deyarli hal qilingan masala.
Avvalroq turli manbalar futbolchining Saudiya Arabistoniga qaytishni istamayotgani haqida bir necha bor xabar bergan edi. Shuningdek, u «Barsa»ga to‘liq transfer qilinishi uchun o‘z maoshining bir qismidan voz kechishga ham tayyorligi aytilgandi.
Ma’lumot uchun:
-
Transfermarkt portali Kanseluni 9 million yevroga baholamoqda.
-
O‘tgan mavsumda Joau Xans-Diter Flik jamoasi safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
-
27 may kuni futbolchi 32 yoshini nishonladi.













