Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Barsa» Reshforddan voz kechgani yo‘q

«Barsa» Reshforddan voz kechgani yo‘q

Baho:
+ | -

Hujumchi Markus Reshford hali ham «Manchester Yunayted»dan «Barselona»ga to‘liq transfer qilinishi mumkin. Bu haqda jurnalist Saymon Stoun xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar»da Reshfordni 30 million yevro evaziga sotib olish huquqini faollashtirish uchun 15 iyungacha vaqt bor. Ta’kidlanishicha, ayni damda «Barselona» asosiy e’tiborini Entoni Gordon bilan bog‘liq bitimni yakunlashga qaratgan, chunki u ham qanotda, ham markaziy hujumda o‘ynay oladi, qolaversa, u yoshroq va kamroq maosh oladi.

Shunga qaramay, bu ikki transfer bir-biriga bog‘liq emas va Reshford hamon kataloniyaliklar uchun tarkibni kuchaytirish variantlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli vinger o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:27, 29.05.2026.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик