Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Komo» Chempionlar ligasida o‘z stadionida o‘ynay olmaydi

«Komo» Chempionlar ligasida o‘z stadionida o‘ynay olmaydi

Baho:
+ | -

«Komo» o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. Sesk Fabregas jamoasi A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

The Touchline nashrining xabar berishicha, UEFA «Komo»ning uy stadioni standartlarga javob bermasligini tasdiqlagan. Shu sababli jamoa qit’aning eng nufuzli turnirida o‘z arenasida o‘ynay olmaydi. «Komo» Chempionlar ligasidagi uy uchrashuvlarini «Sassuolo» stadionida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

«Komo» odatda raqiblarini «Juzeppe Sinigalya» stadionida qabul qiladi. U Komo ko‘li yaqinida joylashgan va havodan olingan kadrlar o‘zining go‘zalligi bilan hayratda qoldiradi. Biroq, go‘zal manzara stadionning UEFA talablariga muvofiqligini anglatmaydi.

Kiritildi: 19:33, 29.05.2026.
O'qildi: 831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик