Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Usmon Dembele Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z holati haqida gapirdi

Usmon Dembele Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z holati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da bo‘lib o‘tadigan «Arsenal»ga qarshi final uchrashuvi oldidan sog‘lig‘i haqida to‘xtaldi.

«Bu finalni o‘tkazib yuborishdan qo‘rqmadim, chunki maydonni oldindan tark etgandim. Bizda katta tanaffus bo‘lmadi, biroq xodimlar va murabbiy hammasini to‘g‘ri tashkil qilishdi. Shu sababli men finalga 100 foiz tayyorman», — dedi Dembele.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransiyalik futbolchi Fransiya chempionatining 34-turi doirasidagi «Parij»ga qarshi o‘yinda (1:2) jarohat tufayli 27-daqiqada almashtirilgan edi.

Joriy mavsumda Dembele barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:03, 29.05.2026.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик