"Roma" klubi o‘z rasmiy saytida sport direktori Frederik Massara klubni tark etishini ma’lum qildi. Tomonlar shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilgan.
"Men rahbariyatga o‘zim uchun qadrli bo‘lgan muhitga qaytish imkoniyatini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ishonamanki, bir yil davomida klub muvaffaqiyatli kelajak uchun poydevor qo‘ydi va "Roma"ga aloqador bo‘lgan har bir insonga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman", – deyiladi klub bayonotida Massaraning so‘zlari.
Massara 2011 yildan 2019 yilgacha "Roma"ning ma’muriy tuzilmasida ishlagan, shundan so‘ng "Milan" va "Renn" klublarida sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Rim klubiga u 2025 yilning yozida qaytgan edi.
Yanvar oyida Massaraning "Roma" murabbiyi Jan Pyero Gasperini bilan munosabatlari taranglashgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Aprel oyida esa Gasperini bilan bo‘lgan ziddiyat fonida rahbariyat maslahatchisi Klaudio Ranyeri ham klubdan ketgan edi.













