«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi Patrik Viyeyra «kanonirlar»ning hozirgi tarkibiga baho berdi. Londonliklar 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya chempioni bo‘lishdi, shuningdek, UYEFA Chempionlar ligasi finaliga chiqib, unda «PSJ» bilan to‘qnash kelishadi.
«Muntazam maydonga tushgan 15 nafar futbolchi orasida yaqin orada jamoani tark etadigan biror kimni ko‘rmayapman. Balki Gabriel Magalyayns ketar, ammo qolganlar — Saka, Saliba, Gabriel Martinelli, Leandro Trossard, Rays — hali jamoaga katta foyda keltira oladigan futbolchilardir. Viktor Dyokeresh uchun esa mavsum qiyin kechdi, chunki u himoyachilar ortiga yorib kirishga asoslangan uslubda o‘ynaydi va menimcha, undan yetarlicha foydalanilmadi. Kelasi mavsumda aynan u «Arsenal»ning asosiy o‘yinchisiga aylanadi», — deya Viyeyraning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.













