Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Aleksandr Zverev Chempionlar ligasi finalida qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi

Aleksandr Zverev Chempionlar ligasi finalida qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, dunyoning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev Chempionlar ligasi finalida qaysi jamoaga muxlislik qilishini ma’lum qildi. Bugun, 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da «Arsenal» va «PSJ» futbolchilari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

— Yaqinda Chempionlar ligasi finali bo‘ladi, o‘yinni tomosha qilasizmi va kimga muxlislik qilasiz?

— Men «Bavariya»ning ashaddiy muxlisiman. To‘g‘risi, «Bavariya» g‘alaba qozonishiga umid qilgandim. Lekin menga «PSJ»ning o‘yini juda yoqadi, ularning ishtirokidagi bahslarni tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Shu sababli hujumkor va agressiv uslubdagi o‘yin bo‘lishini kutyapman, — deya Zverevning so‘zlarini keltiradi TNT Sports.

Eslatib o‘tamiz, yarim final bosqichida «PSJ» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya»ni 6:5 hisobida mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: 14:41, 30.05.2026.
O'qildi: 370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик