Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Vitinya: «Biz bunga penaltilar seriyasigacha ham loyiq edik»

Vitinya: «Biz bunga penaltilar seriyasigacha ham loyiq edik»

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi yarim himoyachisi Vitinya Chempionlar ligasining hal qiluvchi o‘yini yakunlarini sarhisob qildi. Luis Enrike shogirdlari Londonning «Arsenal» jamoasini penaltilar seriyasida (1:1, 4:3) mag‘lub etishdi.

«Men juda baxtliman — nafaqat g‘alaba qozonganimiz uchun, balki bizda mavjud bo‘lgan jamoa, zaxiradan tushib hal qiluvchi penaltilarni golga aylantirgan futbolchilar uchun ham. Bu ajoyib. Murabbiy, prezident, sport direktori — o‘ylaymanki, biz bunga hatto 11 metrlik zarbalar ijro etilgunga qadar ham loyiq edik», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi L’Equipe nashri.

«Penaltilar seriyasi vaqtida ancha hayajonlandik, lekin hozir haqiqatan ham baxtiyormiz. Bu jamoaning siri nimada? Biz kamtarmiz, bir-birimiz uchun kurashib, borimizni beramiz. Hamma himoyalanadi, hamma hujum qiladi, biz bu jamoada o‘ynashdan zavq olamiz. Umid qilamanki, bu holat davom etadi», — deya qo‘shimcha qildi Vitinya.

Ta’kidlash joizki, Vitinya UEFA talqiniga ko‘ra uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kiritildi: 08:25, 31.05.2026.
O'qildi: 314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик