«PSJ» yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri Chempionlar ligasi tarixiga kirdi. U ikkita finalda maydonga tushib, ularning ikkalasida ham g‘olib chiqqan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.
O‘tgan yili u «Inter»ga qarshi finalning (5:0) eng so‘nggi daqiqalarida maydonga tushgan bo‘lsa, bu safar «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:3) ishtirok etdi. 20 yoshu 2 oylik bo‘lgan Zair-Emeri Yoxan Neskensning ko‘rsatkichini yangiladi. Neskens «Ayaks» bilan o‘z vaqtida ikkinchi bor YECHL g‘olibi bo‘lganida 20 yoshu 8 oylik edi.
Yakunlangan mavsumda parijliklar tarbiyalanuvchisi hisoblangan Zair-Emeri klub miqyosida jami 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













