Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ravanelli Kellining o‘yinidan norozi

Ravanelli Kellining o‘yinidan norozi

Baho:
+ | -

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi va afsonasi Fabrisio Ravanelli klub himoyachisi Lloyd Kellini keskin tanqid qildi. U ingliz futbolchisining o‘yin sifatlarini shubha ostiga oldi.

«U baland bo‘yli va baquvvat, lekin deyarli hech qachon bosh bilan o‘ynamaydi. Bo‘yi qariyb 2 metr bo‘lib, havodagi kurashlarda deyarli g‘alaba qozonmaydigan markaziy himoyachini umuman ko‘rmaganman. Uning o‘yinga ta’siri sezilmayapti. To‘p unga kelib tushganda, qaror qabul qilishga juda ko‘p vaqt sarflaydi. Bunday futbolchi «Yuventus»da o‘ynay olmaydi», — dedi Ravanelli Sportium platformasidagi jonli efir paytida.

Kelli 2025 yilning fevral oyidan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Turin klubiga «Nyukasl»dan ijara asosida o‘tgan edi, keyinchalik futbolchi 17,2 million yevroga sotib olindi.

Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi, shuningdek, 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 04:37, 01.06.2026.
O'qildi: 249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик