Kirish Ro'yxatdan o'tish

Inyesta murabbiylik faoliyatini boshlaganiga munosabat bildirdi

Inyesta murabbiylik faoliyatini boshlaganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Andres Inyesta BAAning «Galf Yunayted» klubini qabul qilib oldi va murabbiylik faoliyatini boshladi.

UEFAning «A» toifali murabbiylik lisenziyasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassis quyidagicha fikr bildirdi:

«Galf Yunayted» men uchun yangi bobni boshlash uchun to‘g‘ri joydek tuyulmoqda. Futbol menga hamma narsani berdi va endi men unga murabbiylik ishi, o‘qitish hamda yuqori saviyaga erishish uchun intilish va iqtidorga ega bo‘lgan yosh o‘yinchilar bilan kundalik ish orqali qaytarmoqchiman.

Men futbolchilarni to‘g‘ri rivojlantirishga ishonaman: sabr-toqat, qanday o‘ynash kerakligini aniq tushunish va har bir o‘yinchiga chin dildan g‘amxo‘rlik qilish bilan. «Galf Yunayted» ham shu falsafani qo‘llab-quvvatlaydi va men aynan shuning uchun shu yerdaman. Men murabbiy sifatida rivojlanishni, real tajriba olishni va Pro murabbiylik lisenziyasini qo‘lga kiritishni istayman», — deya Inyestaning so‘zlarini keltiradi «Galf Yunayted» sayti.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda Andres Inyesta jahon chempionati finalidagi yagona gol muallifi bo‘lgan edi.

Kiritildi: 01:35, 02.06.2026.
O'qildi: 446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик