Kirish Ro'yxatdan o'tish

Joau Palinya yangi mavsum uchun o‘ziga klub tanladi

Joau Palinya yangi mavsum uchun o‘ziga klub tanladi

Baho:
+ | -

Tayanch yarim himoyachisi Joau Palinya Londonning «Tottenxem» klubida qolishni istamoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Palinya «shporlar»ning yangi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan. Agar «Tottenxem» bilan kelishuv amalga oshmasa, Portugaliyaning «Sporting» klubi vaziyatga aralashishga tayyor. Shunga qaramay, 30 yoshli yarim himoyachi uchun aynan «Tottenxem» ustuvor variant bo‘lib qolmoqda.

Angliya klubi Palinyani o‘tgan yilning avgust oyida «Bavariya»dan ijaraga olgan edi. «Shporlar» safida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 marta ishg‘ol qildi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:16, 02.06.2026.
O'qildi: 599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик