Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jiru Fransiya klubi bilan shartnomani uzaytiradi

Jiru Fransiya klubi bilan shartnomani uzaytiradi

Baho:
+ | -

39 yoshli fransiyalik markaziy hujumchi Olivye Jiru futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayapti. Lequipe jurnalistlarining xabar berishicha, hujumchi «Lill» bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi.

Tomonlar hamkorlikni kelasi mavsum oxirigacha uzaytirishadi. O‘tgan mavsumda Jiru «Lill» safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi. Tajribali to‘purar 11 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Liga 1 yakunlariga ko‘ra, «itlar» 61 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Jamoa kelasi mavsum uchun UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 16:23, 02.06.2026.
O'qildi: 282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик