Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani PSV yarim himoyachisi Ismael Saybarini sotib olishga rozilik berdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda klublar muzokaralar olib borishmoqda. Ta’kidlanishicha, bitim PSV futbolchi uchun qancha mablag‘ talab qilishiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘tgan mavsumda 25 yoshli Saybari barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 19 marta ishg‘ol qildi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt internet-portali ekspertlari Saybarining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













