«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «Yuventus» fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Turin klubi hujumchining transferini shu yozdayoq rasmiylashtirmoqchi.
Jan-Filipp Mateta 2022 yilda «Mayns»dan «Kristal Pelas»ga 11 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi ingliz klubi safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Matetaning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.













