Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» PSV yarim himoyachisi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

«Bavariya» PSV yarim himoyachisi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

PSV yarim himoyachisi Ismael Saybari shu yoz «Bavariya» safiga o‘tadi, deb xabar berdi insayder Fabrisio Romano «X» ijtimoiy tarmog‘ida.

Manbaga ko‘ra, tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. 25 yoshli marokashlik futbolchi Myunxen klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani bilan suhbatlashgan va 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng jamoaga qo‘shilishni rejalashtirmoqda.

«Transfermarkt» portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Saybari barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turida PSVning «Bavariya»ga qarshi o‘yinida (1:2) urgan goli ham bor.

Kiritildi: 08:13, 03.06.2026.
O'qildi: 423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик