Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maynu Jahon chempionatiga borishida Kerrikning hissasi katta ekanini aytib, unga minnatdorchilik bildirdi

Maynu Jahon chempionatiga borishida Kerrikning hissasi katta ekanini aytib, unga minnatdorchilik bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kobbi Maynu murabbiy Maykl Kerrikning uning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi va 2026 yilgi Jahon chempionati qaydnomasiga kirishida tutgan o‘rnini alohida qayd etdi. Kerrik joriy yilning yanvar oyida «Manchester Yunayted» boshqaruvini qo‘lga oldi va mavsumning ikkinchi qismida 21 yoshli yarim himoyachiga muntazam o‘yin amaliyotini taqdim etdi.

Yangi murabbiy kelguniga qadar Maynu maydonda bor-yo‘g‘i 302 daqiqa o‘tkazgan va APL o‘yinlarida hech qachon asosiy tarkibda maydonga tushmagan edi. Kerrik qo‘l ostida esa yarim himoyachi asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va 17 ta o‘yinning faqat bittasini o‘tkazib yubordi.

«Agar u meni maydonga tushirmaganida, hozir bu yerda bo‘lmasdim. Shu bois men buning uchun undan doimo minnatdor bo‘laman», — deya Maynuning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati guruh bosqichida Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Panama va Gana terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 13:25, 03.06.2026.
O'qildi: 409 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик