Ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniy Fransiyaning «PSJ» klubini tark etishi mumkin. Futbolchi jamoadagi o‘z rolidan norozi.
DaveOckop ijtimoiy tarmoq sahifasi xabar berishicha, o‘yinchi ilgari «Bornmut» safida to‘p surgan Angliya Premyer-ligasiga qaytishi ehtimolga yaqin. Zabarniyning xizmatlari «Liverpul» klubiga taklif qilingan. Ilya mersisaydliklar tarkibida shu yozda jamoasini o‘zgartirishga yaqin turgan fransiyalik Ibraima Konatening o‘rnini egallashi mumkin.
23 yoshli ukrainalik himoyachi 2025 yilning yozida «PSJ» safiga kelib qo‘shilgan edi. U Parij grandi bilan besh yillik mehnat shartnomasi imzolagan bo‘lib, transfer summasi 63 million yevroni tashkil etgandi.













