Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vlaxovichning «Yuventus»ni tark etish sabablari ma’lum bo‘ldi

Vlaxovichning «Yuventus»ni tark etish sabablari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Hujumchi Dushan Vlaxovich joriy mavsum yakunida «Yuventus»dan ketadi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Kuni kecha Turin klubi vakillari serbiyalik hujumchining atrofidagilar, jumladan, futbolchining otasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar shartnomani uzaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi, biroq kelishuvga erisha olishmadi.

Xabar qilinishicha, moliyaviy shartlar asosiy to‘siq bo‘lgan. Futbolchining talablari «Yuventus» taklifidan yuqori bo‘lib chiqqani sababli muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Ushbu uchrashuvdan keyin tomonlar o‘rtasida yangi muloqotlar rejalashtirilmagan.

Avvalroq matbuotda serbiyalik futbolchi erkin agent sifatida «Barselona»ga o‘tishni xohlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Kiritildi: 18:49, 03.06.2026.
O'qildi: 1100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик