Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoland, Rays va Saka APLning eng qimmat futbolchilari reytingiga yetakchilik qildi — Transfermarkt

Xoland, Rays va Saka APLning eng qimmat futbolchilari reytingiga yetakchilik qildi — Transfermarkt

Baho:
+ | -

Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng Angliya Premyer-ligasi bo‘yicha ma’lumotlarni yangiladi. Eng qimmat futbolchilar o‘ntaligidan chempionlikni qo‘lga kiritgan «Arsenal»ning uch nafar vakili va «Manchester Siti»ning ikki nafar futbolchisi o‘rin oldi.

Reytingda peshqadamlikni «shaharliklar» hujumchisi Erling Xoland saqlab qoldi. Norvegiyalik futbolchi 200 million yevroga baholanmoqda. Ikkinchi o‘rindan «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays joy olgan bo‘lsa, uning transfer qiymati 120 million yevroni tashkil etmoqda. Uchlikni esa uning jamoadoshi Bukayo Saka 110 million yevro ko‘rsatkichi bilan yakunlab berdi.

APLning 2025/2026 yilgi mavsumdagi eng qimmat 10 futbolchisi (Transfermarkt, 2026 yil 3 iyun):

  1. Erling Xoland («Manchester Siti») — 200 million yevro.

  2. Deklan Rays («Arsenal») — 120 million yevro.

  3. Bukayo Saka («Arsenal») — 110 million yevro.

  4. Florian Virs («Liverpul») — 100 million yevro.

  5. Koul Palmer («Chelsi») — 100 million yevro.

  6. Moyses Kaysedo («Chelsi») — 100 million yevro.

  7. Vilyam Saliba («Arsenal») — 100 million yevro.

  8. Dominik Soboslai («Liverpul») — 100 million yevro.

  9. Rayan Sherki («Manchester Siti») — 90 million yevro.

  10. Morgan Rodjers («Aston Villa») — 90 million yevro.

Manba: championat.com
Kiritildi: 20:34, 03.06.2026.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик