Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» «Inter»ning transfer nishonini ilib ketmoqchi

«Yuventus» «Inter»ning transfer nishonini ilib ketmoqchi

Baho:
+ | -

«Atalanta» himoyachisi Marko Palestra faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin. Jurnalist Mirko Di Natalening ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga «Yuventus» ham qo‘shildi. Himoyachi transferi uchun poygada «Inter» yetakchilik qilayotganiga qaramay, Turin klubi o‘yinchini Italiyaning amaldagi chempioni «qurshovi»dan tortib olmoqchi.

«Atalanta» Palestrani 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. 2025/26 yilgi mavsumda Marko Palestra ijara asosida «Kalyari» safida to‘p surdi. Himoyachi «Atalanta» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Bergamo jamoasi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Yakunlangan mavsumda Palestra «Kalyari» safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali himoyachini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:14, 03.06.2026.
O'qildi: 542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик