«Real» «Liverpul» va «Inter» futbolchilarini transfer qilganidan keyin ham himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlashni davom ettiradi.
Avvalroq, Madrid jamoasiga Ibraima Konate va Denzel Dumfris kelib qo‘shilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Ispaniya klubi yana bir kuchli himoyachini sotib olmoqchi. «Real»ga eng ko‘p yoqadigan futbolchilar qatoridan Yoshko Gvardiol («Manchester Siti») va Rikkardo Kalafyori («Arsenal») joy olgan, biroq ushbu futbolchilardan birining transferi bo‘yicha kelishuvga erishish ancha qiyin kechadi.













