Kirish Ro'yxatdan o'tish

Andoni Iraola «Liverpul»da qanday futbol shakllantirmoqchi ekanligini aytdi

Andoni Iraola «Liverpul»da qanday futbol shakllantirmoqchi ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubining yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola o‘zining o‘yin uslubi haqida to‘xtalib o‘tdi. «Qizillar» payshanba kuni ispaniyalik mutaxassis tayinlanganini e’lon qilishgan edi. Bunga qadar murabbiy «Bornmut»da muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan.

«Mening ustunligim shundaki, men Premyer-ligada allaqachon uch yil davomida ishladim va odamlar mening «Bornmut»im qanday o‘ynaganini yaxshi bilishadi. To‘g‘ri, «Liverpul»da ayrim narsalar o‘zgaradi, lekin men jamoa o‘zligini — ya’ni intensivlik, agressivlik va tashkilotchilikni yo‘qotishini istamayman. Tarkibdagi futbolchilarning sifatiga moslasha olish juda muhim, shu sababli turli jamoalarda mutlaqo bir xil futbol namoyish etib bo‘lmaydi. Biroq shunday o‘zgarmas detallar borki, ular «Liverpul» qadriyatlariga a’lo darajada mos keladi deb o‘ylayman. Menimcha, bu o‘z samarasini berishi kerak», — deya ingliz OAVlari Iraolaning so‘zlarini keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, may oyining oxirida mersisaydliklar ustozi Arne Slot o‘z lavozimidan bo‘shatilgan edi.

Kiritildi: 05:58, 05.06.2026.
O'qildi: 426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик