Kirish Ro'yxatdan o'tish

Syorlot «Atletiko»ni tark etadi

Syorlot «Atletiko»ni tark etadi

Baho:
+ | -

Hujumchi Aleksander Syorlot yozgi transfer oynasida Madridning «Atletiko» klubini tark etadi. Bu haqda taniqli jurnalist Massimo Moretto ma’lum qildi.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, norvegiyalik forvardga Angliyaning «Everton» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o‘zi Ispaniya yoki Italiyaning top-klublaridan biriga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Madrid klubi o‘z hujumchisini 30 million yevroga baholamoqda. Avvalroq, Syorlotga Turinning «Yuventus» klubi ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shu bilan bir vaqtda, «Atletiko» yarim himoyachi Niko Gonsalesni jamoada saqlab qolishni juda ham xohlamoqda. Bosh murabbiy Diyego Simeone futbolchining iqtidorini yuqori baholaydi va tomonlar allaqachon yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishga yaqin turishibdi.

Kiritildi: 16:28, 05.06.2026.
O'qildi: 910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик