Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» yangi himoyachi topdi

«Barselona» yangi himoyachi topdi

Baho:
+ | -

«Bayer» himoyachisi Alexandro Grimaldo shu yozda Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Taniqli jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, 30 yoshli futbolchiga Madridning «Atletiko» va Kataloniyaning «Barselona» klublari qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, o‘yinchining o‘zi ham vatanida to‘p tepish istagini yashirmayapti.

Ma’lum qilinishicha, Leverkuzen klubi himoyachini sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Ehtimoliy transfer summasi taxminan 10 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Ayni damda tomonlar o‘rtasida hali rasmiy va aniq muzokaralar boshlangani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi ilgari «Barselona»ning ikkinchi jamoasida (Barselona B) faoliyat yuritgan bo‘lib, u yerda 90 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 19:41, 05.06.2026.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик