«Tottenxem» aprel oyidanoq rejalashtirib qo‘yilgan Markos Senesi bilan shartnoma imzolash jarayonini yakunladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, erkin agent maqomida bo‘lgan argentinalik markaziy himoyachi klub bilan 2030 yilning iyun oyiga qadar amal qiladigan bitim tuzdi. Shuningdek, futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib bo‘lgani ham qayd etilgan.
Senesi bundan avval «Bornmut» sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsumda 29 yoshli futbolchi klub miqyosida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 8 ta sariq kartochka oldi. Uning bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 25 million yevroga baholanmoqda.













