«Fiorentina» hujumchisi Albert Gudmundsson Florensiya klubini tark etishi mumkin, biroq uning ayni damda «Yuventus»ga o‘tishi amrimahol bo‘lib turibdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, islandiyalik futbolchining vakillari o‘z mijozi uchun faol ravishda yangi klub izlash ustida ishlashmoqda va uning nomzodini turinliklarga taklif qilib ulgurishgan. Birinchi mavsumdagi ehtimoliy ijarani hisobga olgan holda, ushbu kelishuv «Yuventus»ga 15-18 million yevroga tushishi mumkin edi.
«Yuventus» shu yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishni rivojlantirayotganiga qaramay, islandiyalik futbolchining nomzodi jamoa ustozi Luchano Spalletti tomonidan to‘liq ma’qullangani yo‘q. Turin klubi transfer bozoridagi boshqa variantlarni o‘rganishda davom etmoqda.
O‘tgan mavsumda 28 yoshli futbolchi 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













