Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Aston Villa» yozgi transfer oynasi uchun asosiy nishonini belgilab oldi

«Aston Villa» yozgi transfer oynasi uchun asosiy nishonini belgilab oldi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» klubining qanot hujumchisi Xarvi Barns faoliyatini «Aston Villa»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda «Football Insider» nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli Barns Chempionlar Ligasiga qaytayotgan «Aston Villa» jamoasining yozgi transfer oynasidagi bosh maqsadi hisoblanadi. «Qarg‘alar» o‘z vingeri uchun 40 milliondan 52 million yevrogacha mablag‘ talab qilishi kutilmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Xarvi Barns barcha turnirlarni inobatga olgan holda 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 bor ishg‘ol etdi va o‘z hisobiga 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining «Nyukasl» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:51, 08.06.2026.
O'qildi: 252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик