«Barselona» Xans-Diter Flik ketganidan keyin bosh murabbiylikka Fransesk Fabregasni tayinlamoqchi.
Catalunya Ràdioga tayanib As nashrining xabar berishicha, Deku boshchiligidagi «Barselona» sport bloki Fabregasni kelajakda jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Kataloniyaliklar «Komo» ustozi bilan 2028 yilda, ya’ni Flikning shartnomasi yakuniga yetganidan keyin amalga oshishi mumkin bo‘lgan tayinlov bo‘yicha allaqachon aloqaga chiqishgan.
Shuningdek, «Barselona» bir necha oy oldin ham Fabregas masalasida «Komo» klubiga murojaat qilgani aytilmoqda. Joan Laportaning maslahatchisi Alexandro Echevarriya 2028 yildan keyin Franseskning jamoaga tayinlanishi ehtimoli uchun bevosita mas’ul hisoblanadi.













