Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Chelsi» Dushan Vlaxovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi — La Gazzetta dello Sport

«Chelsi» Dushan Vlaxovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi — La Gazzetta dello Sport

Baho:
+ | -

«Chelsi» «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovichni transfer qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi vakillari allaqachon futbolchining otasi va agenti Milosh Vlaxovich bilan aloqa o‘rnatgan. Shuningdek, «Bavariya», «Barselona» va «Nyukasl Yunayted» ham Vlaxovichning otasi bilan muzokaralar o‘tkazgani ta’kidlanmoqda. Yaqin kunlarda Milosh Vlaxovich Turin klubi rahbariyati bilan o‘g‘lining shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.

Dushan Vlaxovich 2022 yil qishida «Yuventus» safiga qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda 26 yoshli serbiyalik hujumchi barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozordagi qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:50, 09.06.2026.
O'qildi: 403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик