Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Uolkott: «Kapello eshikni yuzimga yopib qo‘ygandi»

Uolkott: «Kapello eshikni yuzimga yopib qo‘ygandi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Teo Uolkott 2007 yildan 2012 yilgacha «uch sherlar»ni boshqargan Fabio Kapello bilan ishlash tajribasini yodga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Teo ehtiyotsizlik qilib yig‘ilishni o‘tkazib yuborganidan keyin, Kapello unga nisbatan chindan ham salbiy munosabatda bo‘la boshlagan.

«Men unga vaziyatni tushuntirmoqchi edim, vaholanki Jon Terri meni bu qadamdan qaytarishga uringandi. Ammo men uning gapiga kirmay, Kapelloning huzuriga bordim. U esa shundoqqina burnimning tagida eshikni qarsillatib yopib qo‘ydi. Shundan so‘ng meni qiynab yubordi», — deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Kapello 2012 yilgi Yevropa chempionatidagi unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan ishtirokdan so‘ng Angliya terma jamoasini tark etgan edi.

Kiritildi: 06:52, 10.06.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик