Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Fernando Torres yana bir mavsum «Atletiko» o‘rinbosarlarini boshqaradi

Fernando Torres yana bir mavsum «Atletiko» o‘rinbosarlarini boshqaradi

Baho:
+ | -

Murabbiy Fernando Torres o‘z shartnomasini oxirigacha bajaradi va keyingi mavsumda ham Madridning «Atletiko» zaxira jamoasini boshqarishda davom etadi. Bu haqda Marca nashri xabir bermoqda.

«Atletiko Madrilenyo» uchun mavsum Segundaga chiqish huquqini beruvchi pley-off bosqichida «Ponferradina»ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyat va musobaqani tark etish bilan yakunlandi.

Muvaffaqiyatsizlikka qaramay, «roxiblankos»ning ikkinchi tarkibi juda munosib mavsumni o‘tkazdi. Nafaqat ikkinchi jamoada, balki asosiy tarkib o‘yinlarida ham ishtirok etgan ko‘plab futbolchilarda La Liga va Segunda klublaridan takliflar bor va ular katta ehtimol bilan shu yozda jamoani tark etishadi. Endi Torresning oldida qiyin, ammo qiziqarli vazifa — yangi raqobatbardosh jamoa shakllantirish turibdi.

O‘tmishda Ispaniya terma jamoasi va bir qator top-klublardagi o‘yinlari bilan tanilgan Torresda La Liga va Segunda jamoalarini boshqarish bo‘yicha takliflar bo‘lgan, biroq u «Atletiko» tuzilmasida qolishga qaror qildi. Klub rahbariyati uning ishidan to‘liq qoniqish hosil qilgan, Torres va Diyego Simeone o‘rtasidagi munosabatlar esa a’lo darajada deb baholanmoqda.

Kiritildi: 07:37, 10.06.2026.
O'qildi: 417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик