Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Inter» Ispaniya top-klubidan futbolchi topdi

«Inter» Ispaniya top-klubidan futbolchi topdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi chap qanot himoyachisi Matteo Rudjeri A Seriyaga qaytishi mumkin. 23 yoshli futbolchiga Milanning «Inter» klubi da’vogarlik qilmoqda: FcInterNews bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «neradzurri» vakillari «matraschilar» laterali bo‘yicha allaqachon so‘rov yuborishgan.

Agar Italiya chempionlari Karlos Augusto bilan xayrlashadigan bo‘lsa, rasmiy muzokaralar boshlanishi taxmin qilinmoqda.

«Atletiko» Matteo Rudjerini o‘tgan yilning yozida «Atalanta»dan 17 million yevroga sotib olgan edi. Ispaniyadagi debyut mavsumida o‘yinchi Diyego Simeone jamoasi safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali italiyalik futbolchining bahosini 28 million yevro deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 10:47, 11.06.2026.
O'qildi: 365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик