Amsterdamning “Ayaks” klubi yangi darvozabon bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda. Turli manbalar bir necha bor xabar berganidek, Niderlandiya klubi shu yozda “Barselona”ni tark etadigan Mark-Andre ter Shtegenga da’vogarlik qilmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, amsterdamliklar germaniyalik posbon bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishmoqda, shuningdek, Milanning “Inter” klubi a’zosi Yann Zommer yuzasidan ham so‘rov yuborishgan.
Transfermarkt portali ekspertlari 34 yoshli ter Shtegenning transfer bahosini 3 million yevroga, 37 yoshli Zommerning narxini esa 2 million yevroga baholashmoqda. Birinchisining shartnomasi ikki yildan keyin yakuniga yetadi, shveysariyalik posbon esa shu oyning oxiridayoq erkin agentga aylanishi mumkin.













