Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

Jahon chempionati ochilish o‘yinining teleauditoriyasi «Superboul»dan 10 baravar oshib ketdi

Jahon chempionati ochilish o‘yinining teleauditoriyasi «Superboul»dan 10 baravar oshib ketdi

Baho:
+ | -

Meksika va JAR terma jamoalari o‘rtasidagi JCH-2026 ochilish uchrashuvini «Superboul»ga (Amerika futboli ligasi finali) qaraganda 10 baravar ko‘p teleko‘ruvchi tomosha qildi. 365scores nashrining xabar berishicha, mundialning ilk bahsi teleauditoriyasi 1,2 milliard insonni tashkil etgan bo‘lsa, «Superboul»dagi voqealar rivojini 125 million tomoshabin kuzatgan.

Uchrashuv meksikaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mazkur bahs har ikki jamoa tarkibida qayd etilgan jami uchta qizil kartochka (maydondan chetlatish) bilan ham yodda qoldi.

«A» guruhining ikkinchi o‘yinida Janubiy Koreya Chexiya terma jamoasini mag‘lub etdi (2:1).

Ikkinchi turda guruhda peshqadamlik qilayotgan Meksika va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘zaro to‘qnashadilar. Chexiya va JAR o‘rtasidagi bahsda esa mundialning ilk omadsizi (guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotgan jamoa) aniqlanishi mumkin.

Kiritildi: 02:07, 13.06.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик