Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Vinisius shartnomani uzaytirish haqida: «JCH–2026 tugagach, «Real» haqida gaplashaman»

Vinisius shartnomani uzaytirish haqida: «JCH–2026 tugagach, «Real» haqida gaplashaman»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior 2026 yilgi jahon chempionati davomida Madridning «Real» klubi bilan shartnomasini uzaytirish mavzusini muhokama qilishni istamasligini ma’lum qildi.

«"Real" bilan shartnomani uzaytirishmi? Hozir men butun diqqat-e’tiborimni Braziliya terma jamoasiga qaratganman.

Jahon chempionati yakunlanib, yangi mavsum boshlanganidan keyin "Real" haqida gaplashaman», — dedi Vinisius. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.

25 yoshli (12 iyul kuni 26 yoshga to‘ladi) braziliyalik futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Vinisius barcha musobaqalar doirasida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Braziliya terma jamoasi JCH–2026 guruh bosqichida 14 iyun kuni Marokash, 20 iyun kuni Gaiti va 25 iyun kuni Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 06:12, 13.06.2026.
O'qildi: 446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик