Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Arteta hujumni kuchaytirish yo‘lini topdi

Arteta hujumni kuchaytirish yo‘lini topdi

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” klubi “Yuventus” futbolchisi Kenan Yildizga da’vogarlar qatorida qolmoqda. Turkiyalik hujumchi “kanonirlar”ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi.

Jurnalist Sasha Tavolyerining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli o‘yinchini ingliz grandi safiga qo‘shib olishni shaxsan bosh murabbiy Mikel Arteta istamoqda. “Arsenal” A Seriya yulduzi uchun taxminan 100 million yevro taklif qilishga tayyor.

Bundan avvalroq “Yuventus” Kenan Yildizni sotish variantini umuman ko‘rib chiqmasligi va uni jamoaning “dahlsiz” a’zosi deb hisoblashi haqida ko‘p bor xabar berilgan edi. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi bahosi 75 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 06:51, 13.06.2026.
O'qildi: 393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик