Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

“Arsenal” futbolchini “Real”dan ilib ketishi mumkin

“Arsenal” futbolchini “Real”dan ilib ketishi mumkin

Baho:
+1 | -

Londonning “Arsenal” klubi “Komo” hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pasga qiziqish bildirmoqda. Madridning “Real” klubi o‘z tarbiyalanuvchisini 9 million yevro evaziga qaytarib olish huquqiga ega, biroq argentinalik futbolchi ortiga qaytishga shoshilmayapti: u doimiy o‘yin amaliyoti kafolatlanishini istamoqda, Madridda esa bunga tayyor emaslar.

21 yoshli futbolchining yaqinda Joze Mourinyo bilan o‘tkazgan telefon suhbati tomonlarni bir to‘xtamga kelishiga yordam bermadi. Shu jarayonda, HandofArsenal nashrining xabar berishicha, Seriya Aning yosh yulduzini potensial yangi xarid sifatida ko‘rayotgan “kanonirlar” vakillari vaziyatni kuzatib borishmoqda.

“Arsenal” yoki boshqa har qanday klub uchun Pas transferi “Real”ga nisbatan ancha qimmatga tushadi: ayni damda futbolchining Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 07:24, 13.06.2026.
O'qildi: 2929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик