Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Portugaliyada Amorimning «Milan» haqidagi eski gaplarini yodga olishdi

Portugaliyada Amorimning «Milan» haqidagi eski gaplarini yodga olishdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim bundan bir necha yil avval «Milan»ni boshqarish istagi borligi haqida ochiqchasiga gapirgan edi. Uning 2017 yilda Portugaliyaning Expresso nashriga bergan intervyusida aytgan so‘zlari, Italiya klubiga ehtimoliy tayinlanishi haqidagi xabarlar fonida yana kun tartibiga qaytdi.

O‘sha paytda murabbiylik faoliyatini endigina boshlayotgan Amorim o‘zining futbolchilik davridagi orzularini yodga olgan edi:

«Bolaligimda «Benfika» va «Milan» o‘yinlarini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim. «Milan» tarkibida Maldini, Barezi, Gullit, Raykard, Savichevichlar to‘p surgan uchrashuvlar muhrlangan kassetalar hali ham yodimda. Bolalikdagi orzum «Benfika» va «Milan»da o‘ynash edi. «Benfika» futbolchisiga aylanib, orzumning bir qismini amalga oshirdim. Endi esa «Milan»da murabbiy bo‘lishim kerak», — degan edi u o‘shanda tabassum bilan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuni pallasiga yaqinlashgan va tez orada mutaxassisning tayinlangani rasman e’lon qilinishi mumkin.

Kiritildi: 17:39, 15.06.2026.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик