Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Barselona»ning sobiq darvozaboni klubsiz qoldi

«Barselona»ning sobiq darvozaboni klubsiz qoldi

Baho:
+ | -

37 yoshli darvozabon Yasper Sillessen mavsum yakunlanganidan so‘ng NEK klubini tark etadi. Tomonlar muddat borasidagi kelishmovchiliklar sababli muddati tugayotgan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi.

Futbolchi kamida 2 yillik yangi bitim imzolashni va kelajakda klub tizimida darvozabonlar murabbiyi sifatida ish boshlashni xohlagan edi. Biroq NEK rahbariyati faqatgina bir mavsumlik shartnoma taklif qildi, shundan so‘ng muzokaralar to‘xtatildi.

Yakunlangan mavsumda Niderlandiya terma jamoasi va «Barselona»ning sobiq posboni ko‘proq zaxirada qolib ketdi. Shunday bo‘lsa-da, Sillessen Niderlandiya Kubogi bahslarida, shu jumladan turnir finalida jamoa darvozasini qo‘riqladi.

2025/26 yilgi mavsumda Sillessen NEK safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi. Tajribali darvozabon faoliyatini yakunlash niyatida emas va allaqachon yangi jamoa izlashga kirishgan.

Kiritildi: 15:35, 16.06.2026.
O'qildi: 1842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик