Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Arsenal» «Tottenxem»ni tark etayotgan 18 yoshli himoyachini ilib ketishga tayyor

«Arsenal» «Tottenxem»ni tark etayotgan 18 yoshli himoyachini ilib ketishga tayyor

Baho:
+ | -

«Arsenal» shu yozda «Tottenxem»ni tark etadigan yosh markaziy himoyachi Elayja Apsonga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

«Arsenal»ning sobiq himoyachisi Mettyu Apsonning o‘g‘li bo‘lgan 18 yoshli futbolchi «shporlar»ning professional shartnoma borasidagi taklifini rad etdi va 2026 yilning 30 iyunida klubdan ketadi. Bu haqda avvalroq Lilywhite Rose insayderlik platformasi xabar bergan edi, endilikda esa ushbu ma’lumotni The Athletic nashri tasdiqladi.

Yakunlangan mavsumda Elayja «Tottenxem»ning o‘smirlar va yoshlar jamoasida to‘p surib, umumiy hisobda 23 ta o‘yinda maydonga tushdi, 1 ta gol urdi, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, 3 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi. Shuningdek, futbolchi hisobida Angliya U18 terma jamoasi safida 2 ta o‘yin va 1 ta gol bor.

Kiritildi: 16:17, 16.06.2026.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик