Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Karrager Trentning JCH-2026 ga chaqirilmagani sababini tushuntirib berdi

Karrager Trentning JCH-2026 ga chaqirilmagani sababini tushuntirib berdi

Baho:
+ | -

Yaqin o‘tmishning taniqli futbolchisi Jeymi Karrager Madridning «Real» klubi qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi.

«Nyukasl» himoyachisi Tino Livramento jarohat olganidan so‘ng, futbolchida AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan mundialga borish imkoniyati paydo bo‘lgan edi. Biroq «uch sherlar» bosh murabbiyi Tomas Tuxel uning o‘rniga «Chelsi» a’zosi Trevo Chalobani terma jamoaga jalb etdi.

«Aleksandr-Arnold o‘ziga xos fazilatlarga ega. Trent ega bo‘lgan ushbu iqtidorlar va, ehtimol, uning kamchiliklari — Tuxel uni tarkibga chaqirmaganining asosiy sababidir. Murabbiy uning kuchli tomonlariga emas, balki zaif jihatlariga e’tibor qaratmoqda», — deya ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Angliyaliklar JCH-2026 dagi ilk uchrashuvlarini bugun, 17 iyun kuni o‘tkazishadi. Ularga Xorvatiya milliy terma jamoasi raqiblik qiladi.

Kiritildi: 00:52, 18.06.2026.
O'qildi: 1005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик