Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Komo» Baturinani APL klubiga sotishdan bosh tortdi

«Komo» Baturinani APL klubiga sotishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Komo» klubi 23 yoshli yarim himoyachi Martin Baturinaning transferi bo‘yicha Angliya klubidan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira ma’lumot bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Aston Villa» klubi Baturina uchun «Komo»ga 50 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilgan, biroq rad javobini olgan. «Komo» rahbariyati xorvatiyalik iqtidor egasini jamoaning «daxlsiz» futbolchisi deb hisoblaydi.

Ortda qolgan klub mavsumida Baturina barcha musobaqalarda jami 34 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 8 bor ishg‘ol qildi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Baturinaning «Komo» klubi bilan ayni paytdagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:47, 18.06.2026.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик