Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Chexiya murabbiyi Koubek Jahon chempionatidagi raqib o‘yinida o‘zgarishlar kutmoqda

Chexiya murabbiyi Koubek Jahon chempionatidagi raqib o‘yinida o‘zgarishlar kutmoqda

Baho:
+ | -

Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Koubek JCH-2026 2-turidan o‘rin olgan JARga qarshi o‘yin oldidan OAVga intervyu berdi. Musobaqaning 1-turida Chexiya Janubiy Koreyaga (1:2), JAR esa Meksikaga (0:2) imkoniyatni boy bergan edi.

«JAR Meksikaga qarshi o‘yinda g‘ayrioddiy uslubni tanladi. Bu o‘ziga xos taktik sxema edi, hozir ham xuddi shu narsani ko‘ramiz deb o‘ylamayman. Ular bizga qarshi biroz boshqacharoq strategiya asosida harakat qilishlarini kutyapman», — dedi Koubek FIFA saytiga bergan intervyusida.

Janubiy Koreya bilan o‘yinda Chexiya terma jamoasi bo‘y ustunligidan faol foydalanib, asosiy urg‘uni standart vaziyatlarga qaratgan edi. Koubek JARga qarshi bahsda ham ushbu yondashuv saqlanib qolishi yoki yo‘qligini sir tutdi.

«Bizda haqiqatan ham baland bo‘yli futbolchilar bor, lekin maydonga eng novcha o‘yinchilarni tushirish — bu gigantlarga aylanamiz degani emas. Tarkib antropometriya nuqtai nazaridan xuddi shunday qoladimi-yo‘qmi, buni ko‘ramiz. Bu syurpriz bo‘la qolsin», — dedi mutaxassis.

Chexiya va JAR uchrashuvi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 19:10, 18.06.2026.
O'qildi: 837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик