Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Kanada terma jamoasi futbolchisi Qatarga qarshi o‘yinda oyog‘ini sindirib oldi

Kanada terma jamoasi futbolchisi Qatarga qarshi o‘yinda oyog‘ini sindirib oldi

Baho:
+ | -

JCH-2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Qatar — Kanada uchrashuvida jiddiy jarohat qayd etildi.

O‘yin epizodlaridan birida Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Assim Madibo kanadalik Ismael Konega nisbatan qo‘pol harakat qildi. To‘qnashuv oqibatida Kanada futbolchisi og‘ir jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unda oyoq suyagi sinishi kuzatilgan.

Bosh hakam VAR orqali vaziyatni ko‘rib chiqqach, Madiboga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Jarohat olgan Kone maydonni mustaqil tark eta olmadi va zambilda olib chiqildi.

Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda Kanada terma jamoasi hisobda ishonchli tarzda oldinda borayotgan edi. Kayl Larin 16-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Jonatan Devid 29 va 45+3-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi.

Bundan avval Qatar terma jamoasi tarkibida Homam Ahmad ham maydondan chetlatilgan edi. U 33-daqiqada so‘nggi umid foli uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan.

Shu tariqa Qatar terma jamoasi uchrashuvning katta qismini to‘qqiz nafar futbolchi bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 10:33, 19.06.2026.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик