Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» yosh yulduz bo‘yicha taklif yubordi, biroq rad javobini oldi

«Arsenal» yosh yulduz bo‘yicha taklif yubordi, biroq rad javobini oldi

Baho:
+ | -

«Lester» vingeri Jeremi Monga hozircha Londonning «Arsenal» klubiga o‘tmayapti. «To‘pchilar» 16 yoshli futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanishadi va mish-mishlarga ko‘ra, u bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib ham bo‘lishgan.

Arsenal Radar nashrining xabar berishicha, ayni damda klublar o‘rtasida kelishuv mavjud emas: «tulqilar» londonliklarning ilk transfer taklifini rad etishgan. Shunga qaramay, transferning amalga oshishi ehtimoli juda yuqori, chunki ingliz futbolchisining o‘zi Premyer-liganing amaldagi g‘oliblari safiga qo‘shilishga qaror qilgan.

Transfermarkt ekspertlari Jeremi Monganing transfer qiymatini 15 million yevroga baholashmoqda. Yakunlangan mavsumda o‘yinchi Chempionship doirasida «Lester» safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, biroq bu jamoani kuchlilik jihatidan uchinchi divizionga tushib ketishdan qutqarib qola olmadi.

Kiritildi: 15:31, 19.06.2026.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик