Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Avstraliya murabbiyi: «AQSH tezkorroq va kuchliroq edi, barcha yakkakurashlarda g‘olib chiqdi, biz esa harakatsiz ko‘rindik»

Avstraliya murabbiyi: «AQSH tezkorroq va kuchliroq edi, barcha yakkakurashlarda g‘olib chiqdi, biz esa harakatsiz ko‘rindik»

Baho:
+ | -

Avstraliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Toni Popovich JCH-2026 2-turida AQSHdan uchragan mag‘lubiyat (0:2) sabablari haqida fikr bildirdi. Uchrashuvni Feliks Svayer boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. AQSH 11-daqiqada avtogol evaziga hisobni ochdi. 43-daqiqada esa Aleksandr Friman amerikaliklarning ustunligini oshirdi.

O‘yin haqida

«Bilmadim, balki bu tasodifdir, lekin biz harakatsiz va og‘ir ko‘rindik. Ular tezkorroq va kuchliroq edi. Ular har bir yakkakurash va har bir qaytgan to‘p uchun kurashda g‘olib chiqishdi. Ular shunday o‘ynaganda, bizga sur’at solish qiyin bo‘ladi. Biz ikkita bema’ni gol o‘tkazib yubordik, lekin ikkinchi bo‘limdagi reaksiyamiz ajoyib bo‘ldi deb hisoblayman. Bu yerda shovqin juda baland, ular mezbonlar, futbolchilar ikkinchi bo‘limda qanchalik yaxshi ekanliklarini ko‘rsatishdi, ammo bunday darajada birinchi bo‘limda raqibga bunchalik ko‘p imkoniyat berib bo‘lmaydi».

Keyingi uchrashuvda boshqa tarkib tanlanishi mumkinligi haqida

«Har bir o‘yin har xil. Birinchi bo‘limda jismoniy va ruhiy jihatdan charchagan futbolchilarimiz ko‘p edi. Ikkinchi bo‘lim ajoyib o‘tdi va biz ushbu muvaffaqiyatni rivojlantirishimiz kerak. Bugun hakamlar uchun eng yaxshi kun bo‘ldi deb ayta olmayman, lekin umuman olganda, birinchi bo‘limda yetarlicha yaxshi o‘ynamadik. AQSHning haqqini berish kerak, ular juda kuchli», – dedi Popovich.

3-turda avstraliyaliklar Paragvayga qarshi maydonga tushadilar – o‘yin 26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 05:24, 20.06.2026.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик