Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» 18 yoshli iqtidor uchun Jahon chempionatiga o‘z skautlarini yubordi

«Real» 18 yoshli iqtidor uchun Jahon chempionatiga o‘z skautlarini yubordi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi vakillari Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Shotlandiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurishdi. Bu haqda Diario AS nashri jurnalisti Ruben Martin xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, klub skautlari klub miqyosida Fransiyaning «Lill» jamoasi sharafini himoya qilayotgan 18 yoshli marokashlik yarim himoyachi Ayyub Buaddining o‘yinini bevosita stadiondan kuzatishgan. Shotlandlarga qarshi kechgan va marokashliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahsda yosh xavbek to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda Buaddi «Lill» safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.

Transfermarkt portali berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda yosh yarim himoyachining transfer bozoridagi bahosi 50 million yevroni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 17:29, 20.06.2026.
O'qildi: 4432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик